10:29 / 29.11.2018
3 216

«Liverpul» safarda «PSJ»ga yutqazib qo‘ydi va uchinchi o‘ringa tushib ketdi

«Liverpul» safarda «PSJ»ga yutqazib qo‘ydi va uchinchi o‘ringa tushib ketdi
Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining 5-tur S guruhidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

«PSJ» o‘z maydonida Angliyaning «Liverpul» klubini qabul qildi. «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi.

Parijliklar safida Xuan Bernat va Neymar gol urishgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona javob to‘pini penaltini aniq bajargan Jeyms Milner kiritdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Napoli» o‘z maydonida «Srvena Zvezda»ni taslim qildi. Dris Mertensning dubli va Marek Gamshikning aniq zarbasi neapolliklarga ishonli g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa, guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. «Napoli» — 9 ochko; 2. «PSJ» — 8; 3. «Liverpul» — 6; 4. «Srvena Zvezda» — 4.

Keyingi bosqichga chiqishga uchta jamoa da’vogar bo‘lib turibdi.

Ushbu uchrashuvlarda kiritilgan gollarni UFF.uz Media kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

YeChL, 5-tur
S guruhi

Napoli Italiya – Srvena Zvezda Serbiya 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 11 Gamshik, 2:0 – 33 Mertens, 3:0 – 52 Mertens, 3:1 – 57 Ben-Nabuan.

Napoli – Ospina, Albiol (Xyusay, 46), Mariu Ruy, Maksimovich, Kulibali, Fabian Ruis, Allan, Kalexon (Rog, 86), Gamshik, Insine (Zelinski, 77), Mertens.

Srvena Zvezda – Boryan, Degenek, Babich, Rodich, Krstichich, Gobelich, Marin, Simich (Ebesilio, 77), Srnich (Yovanchich, 64), Stoilkovich (Yovelich, 46), Ben-Nabuan.

Ogohlantirishlar: Krstichich (45), Yovanchich (75), Gobelich (81), Xyusay (89).

PSJ Fransiya – Liverpul Angliya 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar:
1:0 – 13 Bernat, 2:0 – 37 Neymar, 2:1 – 45, penalti Milner.

PSJ – Buffon, Tiago Silva, Kimpembe, Bernat, Markinos, Di Mariya (Dani Alves, 65), Verratti, Kerer, Neymar, Mbappe (Rabo, 85), Kavani (Shupo-Moting, 65).

Liverpul – Alisson, Lovren, Robertson, Gomes, van Deyk, Milner (Shakiri, 77), Xenderson, Veynaldum (Keyta, 66), Mane, Salax, Firmino (Starridj, 71).

Ogohlantirishlar: Veynaldum (17), Verratti (24), Gomes (34), Starridj (84), van Deyk (90), Robertson (90), Neymar (90), Keyta (90).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Liverpul» safarda «PSJ»ga yutqazib qo‘ydi va uchinchi o‘ringa tushib ketdi