Superliganing 31-turida AGMK klubi o‘z maydonida «Qizilqum» futbolchilarini qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yin maydon egalarining hujumlari bilan boshlandi. Ilk gol birinchi bo‘limning hakam tarafidan qo‘shib berilgan vaqtda penaltidan kiritildi.
Jokich 11-metrlik nuqtadan adashmadi. Ikkinchi bo‘limda ham AGMK shiddatli hujumlarini davom ettirib hisobni oshirishga erishdi. Zahiradan maydonga tushgan Shoxnazar Norbekov 73-daqiqada o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.
Jokich o‘yinning oxirlarida dubl qayd etib hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Shu tariqa AGMK 10-pog‘onani, «Qizilqum» 8-o‘rinni egallab chempionatni yakunladi
Superliga, 31-tur
AGMK – “Qizilqum” 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 45 penalti, Jokich, 2:0 – 73 Norbekov 3:0 – 87 Jokich.
AGMK: Xodjayev, Xojiakbarov, Isroilov, Polvonov (Haydar G‘ulomov, 84), Hasanov, To‘rayev, Pirimov (Hasanov, 80), Bubanya, Kasminin, Jokich, Qilichev (Norbekov, 73).
"Qizilqum": Cheremisin, Boydullayev (Qosimov, 78), Kvesiyeshvili, Rustamov, Sanoyev (Abdualimov, 82), Gevorkyan, Ubaydullayev, Jo‘rayev, Boymatov, Yovanovich (Usmonov, 52), Mustafoyev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)