4 312
Qirg‘izistonni 10:0 hisobida yenggan O‘zbekiston “CAFA Women’s Championship 2018” g‘olibi bo‘ldi
29 noyabr kuni O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkentda o‘tkazilayotgan ayollar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo kubogida qirg‘izistonlik raqiblarini 10-0 hisobda mag‘lub etdi va musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Bahrom Norsafarov boshchiligidagi jamoa musobaqaning 4-turi doirasida o‘tkazilgan bahsning birinchi bo‘limida raqib darvozasiga 4 ta gol urgan bo‘lsa, ikkinchi taymda 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu o‘yindagi g‘alaba o‘zbekistonlik futbolchilarning turnirda g‘alaba qozonishlari uchun yetarli bo‘ldi. Bungacha O‘zbekiston vakillari Afg‘oniston, Tojikiston va Eron terma jamoalarini ham yirik hisobda mag‘lub etgandi.
“CAFA Women’s Championship 2018”
Qirg‘iziston - O‘zbekiston 0-10
Gollar: Feruza Turdiboyeva 3, Maftuna Shoyimova 6, Lyudmila Karachik 12,20, Nilufar Qudratova 49, Shahnoza Qurbonova 42,64, Gulzoda Amirova 52, Diyora Erkinova 76, Dildora Nozimova 87.
Qirg‘iziston: 16. Dilnura Abibulla Qizi (s), 2. Anna Zarodina, 4. Irina Dorofeyeva, 10. Baxtigul Toktobolotova, 11. Ayjan Boronbekova, 12. Kenjebubu Irisbek Qizi, 13. Bayanya Kelisheva, 14. Adinay Duidxobayeva, 15. Zarina Axmatqulova, 17. Viktoriya Dalinger, 19.Oltinoy Kanatbek Qizi
O‘zbekiston: 1. Laylo Tilalova, 2. Feruza Boboxo‘jayeva, 3. Laylo Shodiyeva, 7. Feruza Turdiboyeva, 8. Malika Burhonova, 9. Maftuna Shoyimova, 10. Nilufar Qudratova, 15. Umida Zoirova, 16. Dildora Nozimova, 17. Lyudmila Karachik, 22. Soliha Husniddinova. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi