Qirg‘izistonni 10:0 hisobida yenggan O‘zbekiston “CAFA Women’s Championship 2018” g‘olibi bo‘ldi

Sport1 daqiqa o'qish4.6K
Qirg‘izistonni 10:0 hisobida yenggan O‘zbekiston “CAFA Women’s Championship 2018” g‘olibi bo‘ldi
29 noyabr kuni O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkentda o‘tkazilayotgan ayollar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo kubogida qirg‘izistonlik raqiblarini 10-0 hisobda mag‘lub etdi va musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Bahrom Norsafarov boshchiligidagi jamoa musobaqaning 4-turi doirasida o‘tkazilgan bahsning birinchi bo‘limida raqib darvozasiga 4 ta gol urgan bo‘lsa, ikkinchi taymda 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu o‘yindagi g‘alaba o‘zbekistonlik futbolchilarning turnirda g‘alaba qozonishlari uchun yetarli bo‘ldi. Bungacha O‘zbekiston vakillari Afg‘oniston, Tojikiston va Eron terma jamoalarini ham yirik hisobda mag‘lub etgandi.

“CAFA Women’s Championship 2018”

Qirg‘iziston - O‘zbekiston 0-10

Gollar:
Feruza Turdiboyeva 3, Maftuna Shoyimova 6, Lyudmila Karachik 12,20, Nilufar Qudratova 49, Shahnoza Qurbonova 42,64, Gulzoda Amirova 52, Diyora Erkinova 76, Dildora Nozimova 87.

Qirg‘iziston: 16. Dilnura Abibulla Qizi (s), 2. Anna Zarodina, 4. Irina Dorofeyeva, 10. Baxtigul Toktobolotova, 11. Ayjan Boronbekova, 12. Kenjebubu Irisbek Qizi, 13. Bayanya Kelisheva, 14. Adinay Duidxobayeva, 15. Zarina Axmatqulova, 17. Viktoriya Dalinger, 19.Oltinoy Kanatbek Qizi

O‘zbekiston: 1. Laylo Tilalova, 2. Feruza Boboxo‘jayeva, 3. Laylo Shodiyeva, 7. Feruza Turdiboyeva, 8. Malika Burhonova, 9. Maftuna Shoyimova, 10. Nilufar Qudratova, 15. Umida Zoirova, 16. Dildora Nozimova, 17. Lyudmila Karachik, 22. Soliha Husniddinova.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?