Foto: Twitter/@VisselKobe
Yaponiyaning «Vissel Kobe» futbol klubi ispaniyalik hujumchi David Vilya bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.
36 yoshli Vilya 1 yanvardan boshlab «Vissel Kobe» safida to‘p suradi. Boisi uning «Nyu-York Siti» klubi bilan tuzgan shartnomasi 2018 yilning 31 dekabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi. Vilyaning «Vissel Kobe» bilan tuzgan shartnomasi qancha muddatga mo‘ljallangani ochiqlanmagan.
Foto: Twitter/@VisselKobe
Qayd etish joiz, «Vissel Kobe» safida ayni damda Andres Inesta va Lukas Podolski kab futbolchilar to‘p surmoqda.
Ma’lumot uchun, David Vilya shu vaqtga qadar «Sporting Xixon», «Saragosa», «Valensiya», «Barselona», «Atletiko Madrid», «Melburn Siti» kabi klublarda to‘p surgan.
U Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempionati bilan bir qatorda Jahon chempionatida ham g‘olib bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Sharmandaga shahar keng
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti