
Angliya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan «Liverpul» – «Everton» uchrashuvi yakunlandi. «Enfild»da bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi, ikki jamoada ham bir nechta qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Ayniqsa bo‘lim o‘rtalarida mehmonlar oldinga chiqib olishlari mumkin edi, biroq Andre Gomeshning yaqin masofadan bergan zarbasini Alisson mo‘jizaviy seyv bilan qaytarib qoldi.
Ikkinchi bo‘limda ustunlik mezbonlar tomonida bo‘ldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggisida qizillar o‘z maqsadlariga erishdilar. Jordan Pikford maydon tashqarisiga chiqib ketayotgan to‘pni qaytarib qoldi, natijada Divok Origi uni bo‘sh qolgan darvozaga yo‘llab jamoasiga muhim g‘alabani olib keldi.
Shu tariqa, «Liverpul» 36 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda ketmoqda, «Everton» (22) esa 6-pog‘onada bormoqda.
Ushbu uchrashuvda kiritilgan golni UFF.uz Media kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
APL, 14-tur
Liverpul – Everton 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90+6 Origi.
Liverpul – Alisson, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Veynaldum, Fabino, Shakiri (Keyta, 71), Mane, Salax (Starridj, 75), Firmino (Origi, 84).
Everton – Pikford, Kin, Din, Koulmen, Mina, Bernard (Kelvert-Lyuin, 89), Andre Gomesh, Uolkott (Lukman, 63), Sigurdsson (Zuma, 90), Risharlison, Guye.
Ogohlantirishlar: Shakiri (33), Fabino (77), Gomes (80), Andre Gomesh (88), Sigurdsson (90).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar