
Xabaringiz bor, Sergey Lushchan aprel oyida “So‘g‘diyona”ni qabul qildi. O‘tgan davr mobaynida Sergey Ivanovich boshchiligida jamoada bir qator jabhalarda ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Sergey Ivanovich yoshlarga imkoniyat berib, Shaxboz Jo‘rabekov, Oybek Nurmatov, Saxob Rashidov, Siroj Meliyevlar kabi futbolchilarni kashf etdi.
Ushbu ijobiy jihatlarni inobatga olib “So‘g‘diyona” PFK raxbariyati Sergey Lushchan va uning yordamchilari: Muhiddin Ortiqov (katta murabbiy), Avgustin Chirita (jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy) bilan shartnomalarni uzaytirdi.
Shu o‘rinda, 2019 yilgi mavsumda Sergey Ivanovich va “So‘g‘diyona” jamoasi ijobiy natijalarga erishishida tilakdoshmiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar