O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov BAAning «Sharja» klubi bilan shartnomasini uzaytirdi.
Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, tomonlar hamkorlikni 2022 yilga qadar davom ettirishga kelishib olishgan.
Shukurov sharjaliklar safiga 2017 yilning dekabrida erkin agent sifatida qo‘shilgan edi. 22 yoshli xavbek bunga qadar «Bunyodkor», «Mash’al» va «Buxoro» klublari sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, «Sharja» BAA chempionatining 2018/19 yillar mavsumida 12ta turdan so‘ng peshqadam bo‘lib turibdi. Klub amaldagi chempioni «Al-Ayn» bilan teng ochko to‘plagan bo‘lib, asosiy raqobatchisini qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga ortda qoldirmoqda.
Foto: Sharjah FC
Otabek Shukurov 12ta turning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushdi va deyarli almashtirishlarsiz o‘ynamoqda. Uning hisobida ikkita gol va ikkita sariq kartochka bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi