21:43 / 07.12.2018
3 116

Nurmagomedov - Meyvezer janggi Chechenistonda o‘tkazilishi mumkin

Nurmagomedov - Meyvezer janggi Chechenistonda o‘tkazilishi mumkin
Rossiyalik taniqli UFC jangchisi Xabib Nurmagomedovning otasi Abdulmanapning so‘zlariga ko‘ra o‘g‘lining mashhur bokschi Floyd Meyvezerga qarshi janggi kelgusi yilning bahorida Grozniy shahrida bo‘lib o‘tishi mumkin.

“Floydning o‘zi bizning jamoaga aloqaga chiqdi. Bu nafaqat ikkala sportchi uchun, balkim jiddiy investorlar uchun ham qiziqarli bo‘ladi.

Ushbu jang kelgusi yilning 4 may kuni 30 ming muxlisga mo‘ljallangan Grozniydagi “Axmat-Arena”da o‘tkazilishi mumkin. Xabib bundan avval ham ko‘plab mashhur bokschilar bilan jang qilgan va bu judayam ajoyib ko‘rinadi.

Agar bizni chindan ham UFC’dan 9 oyga janglardan chetlatishsa, u holda biz bor e’tiborimizni boks janglariga qaratamiz.

Biz Makgregor va Meyvezerning janggini tomosha qildik. Ko‘rdikki Konor ham dastlabki 3-4 raund davomida yomon jang qilmadi. Xabib esa bundanda ko‘prog‘iga qodir. Bunga ishonaman. U kamida 7-8 raund bemalol jang qila oladi.

Bundan tashqari Floydning hozir 41 yoshda ekanligi va Xabibning chidamliligini ham unutmaslik lozim ”, - deydi Nurmagomedovning otasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedov - Meyvezer janggi Chechenistonda o‘tkazilishi mumkin