Rossiyalik taniqli UFC jangchisi Xabib Nurmagomedovning otasi Abdulmanapning so‘zlariga ko‘ra o‘g‘lining mashhur bokschi Floyd Meyvezerga qarshi janggi kelgusi yilning bahorida Grozniy shahrida bo‘lib o‘tishi mumkin.
“Floydning o‘zi bizning jamoaga aloqaga chiqdi. Bu nafaqat ikkala sportchi uchun, balkim jiddiy investorlar uchun ham qiziqarli bo‘ladi.
Ushbu jang kelgusi yilning 4 may kuni 30 ming muxlisga mo‘ljallangan Grozniydagi “Axmat-Arena”da o‘tkazilishi mumkin. Xabib bundan avval ham ko‘plab mashhur bokschilar bilan jang qilgan va bu judayam ajoyib ko‘rinadi.
Agar bizni chindan ham UFC’dan 9 oyga janglardan chetlatishsa, u holda biz bor e’tiborimizni boks janglariga qaratamiz.
Biz Makgregor va Meyvezerning janggini tomosha qildik. Ko‘rdikki Konor ham dastlabki 3-4 raund davomida yomon jang qilmadi. Xabib esa bundanda ko‘prog‘iga qodir. Bunga ishonaman. U kamida 7-8 raund bemalol jang qila oladi.
Bundan tashqari Floydning hozir 41 yoshda ekanligi va Xabibning chidamliligini ham unutmaslik lozim ”, - deydi Nurmagomedovning otasi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi