Mashhur charm qo‘lqop ustasi Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan hamyurtimiz Sanjarbek Rahmonov ertaga 8 dekabr tongida Las-Vegas shahridagi «Sam’s Town Hotel & Gambling Hall» saroyida o‘zining professional boksdagi o‘n uchinchi jangini o‘tkazadi.
Hamyurtimizga shu kuni AQShlik Jonatan Stil raqiblik qiladi.
Sanjarbek Rahmonov faoliyati davomida o‘tgan 12ta jangning 10tasida raqiblarini yer tishlatgan bo‘lsa, bir jangda durrang qayd etgan. U o‘zining so‘nggi janggida mag‘lubiyatga uchragan. Ammo, biz ertangi jangda unga omad tilab qolamiz.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jang ertaga Toshkent vaqti bilan soat 05:30da boshlanadi. Uni Mayweather Promotions promouterlik kompaniyasining feysbukdagi rasmiy saxifasida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi