
Mavsumni Toshkentning "Lokomotiv" klubida o‘tkazib mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan mahoratli futbolchi Sardor Rashidov Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz safida BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogida ishtirok etish imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.
- Endi hammani o‘ylantirayotgan savol: Sardor Rashidovning Osiyo Kubogida qatnashish imkoniyati qanday? To‘g‘ri, buni murabbiy hal qiladi, ammo o‘zingiz bu masalada nima deya olasiz?
- Bilmadim. Meni ham olib borsa o‘ynayman, olib bormasa televizor qarshisida o‘tirib muxlislik qilamiz.
- Lekin terma jamoamizning Livan va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlaridan keyin tarkibga baribir Vitaliy Denisov bilan Sardor Rashidovning kerakligi haqida ko‘p gapirildi...
- Muxlislarning o‘zi biz haqimizdagi savollarga javob berishdi. Lekin baribir hozir bir nima deyish qiyin. Lekin meni ham olib ketsa, qo‘limdan kelganicha yordam beraman, zarbalarim bilan (kuladi). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar