WBC Fyuri - Uaylder revansh jangini o‘tkazish borasida bir qarorga keldi

WBC Fyuri - Uaylder revansh jangini o‘tkazish borasida bir qarorga keldi
WBC og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Deontey Uaylder britaniyalik sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri bilan revansh jangning o‘tkazilishi haqida bir qarorga keldi.

- Uaylder hamda Fyuri og‘ir vaznda tashkillashtirilgan eng chiroyli bahslarni boks ihlosmantlariga taqdim etishdi. WBC Fyuri va Uaylder o‘rtasida revansh jang bo‘lib o‘tishini rasman qo‘llab-quvvatlamoqda, - dedi tashkilot prezidenti Maurisio Suleyman.

Eslatib o‘tamiz bu ikki bokschilar joriy yilning 2 dekabr kuni o‘zaro kuch sinashishdi va bahs durang natija bilan yakunlandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar