10:35 / 09.12.2018
3 130

APL. "Siti" safarda "Chelsi"dan yengilib, yetakchilikni qo‘ldan chiqardi

APL. "Siti" safarda "Chelsi"dan yengilib, yetakchilikni qo‘ldan chiqardi
Angliya chempionati 16-turining markaziy o‘yini doirasida "Chelsi" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qildi. Uchrashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Kante birinchi bo‘lim so‘ngida hisobni ochgan bo‘lsa, 78-daqiqada David Luiz jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

Shu tariqa "Manchester Siti" joriy mavsum APL doirasi ilk marotaba mag‘lubiyatga uchradi. Klub 41 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi pog‘onani band qilib turibdi. Ushbu turda g‘alabani qo‘lga kiritgan "Liverpul" 42 ochko to‘plagan holda peshqadam bo‘lib oldi. "Chelsi" esa 34 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Chelsi – Manchester Siti 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar:
1:0 – 45 Kante, 2:0 – 78 David Luiz.
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Azar (Jiru, 90), Kante, Pedro, Kovachich (Barkli, 65), Villian (Loftus-Chik, 75), Jorjino.
Manchester Siti – Ederson, Laport, Stounz, Uoker, Delf, Marez (Foden, 84), Bernardu Silva, Sterling, Silva (Gyundogan, 68), Sane (Gabriel Jezus, 53), Fernandino.
Ogohlantirishlar: Jorjino (63), Pedro (80).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. "Siti" safarda "Chelsi"dan yengilib, yetakchilikni qo‘ldan chiqardi