date
views 3 237

Bokschi Sanjarbek Rahmonov 13-jangida g‘alaba qozondi

Bokschi Sanjarbek Rahmonov 13-jangida g‘alaba qozondi
Professional boksning yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschi Sanjarbek Rahmonov 9 dekabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida professional boksdagi 13-jangini o‘tkazib, g‘alabaga erishdi.

Floyd Meyveyzerga qarashli promouterlik kompaniyasida faoliyat olib borayotgan Rahmonov bu safar amerikalik Jonatan Stil ustidan 8 raundlik jangda ochkolar hisobida g‘alaba qozondi. Uchala hakam ham bir ovozdan (77-75, 77-75, 78-74) Sanjar Rahmonovning g‘alabasini qayd etdi.

"G‘alaba bilan tabriklagan barchaga minnatdorligimni bildiraman. Bayram barchaga muborak bo‘lsin", – deya yozgan Rahmonov "Instagram"dagi sahifasida.

Ushbu g‘alaba Rahmonov uchun professional boksdagi 11-g‘alaba bo‘ldi. Jami 13 marta ringga chiqqan Rahmonov 11 marta g‘alaba qozongan bo‘lsa, bitta jangda durang qayd etilgan. Bitta jangda esa yutqazgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bokschi Sanjarbek Rahmonov 13-jangida g‘alaba qozondi