“O‘FA va O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini litsenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O‘FA Ijroqo‘mi byurosi tomonidan tasdiqlangani haqida xabaringiz bor.
Aynan shu reglamentga muvofiq klublarni litsenziyalash bo‘yicha Ishchi guruhi 5-6 dekabr kunlari “Buxoro” futbol klubida belgilangan talablarning bajarilishi yuzasidan monitoring o‘tkazdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
O‘rganishlar jarayonida futbol klubi stadioni maydonining talab darajasida emasligi, maydon yoritish tizimini mutaxassislarni jalb etgan holda sozlash kerakligi, stadiondagi o‘rindiqlar, futbolchilarning kiyinish xonalari, hakamlar va komissar xonalari ta’mirtalab holatga kelib qolganiligi, stadionda OAV xodimlari uchun yetarlicha sharoitning mavjud emasligi, futbol akademiyasini tashkil etish choralari ko‘rilmagani, moliyaviy qarzdorliklarni bartaraf etilmagani aniqlandi. Shuningdek, futbol klubining boshqaruv tizimi, kadrlar bo‘limi, marketing bo‘limi, litsenziyalash bo‘limi va matbuot xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etilishi dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ta’kidlash lozim, “Buxoro” futbol klubi tomonidan mazkur kamchiliklar joriy yil 25 dekabr sanasiga qadar bartaraf etish choralari ko‘rilmasa, O‘zbekiston Professional Futbol Ligasining klublarni litsenziyalash bo‘yicha Ishchi guruhi xulosasiga asosan futbol klubini kelasi mavsum uchun Superligadan chetlashtirish masalasi ko‘rib chiqilishi yuzasidan “Buxoro” futbol klubi jiddiy ogohlantirildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi