2 940
«Real» sharmandali mag‘lubiyatga uchradi, «Viktoriya» esa «Roma»ni yutib YeLga yo‘llanma oldi
Yevropa Chempionlar ligasining 6-tur G guruhidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. «Real» klubi o‘z maydonida «SSKA»ni qabul qildi. «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda sensatsion natija qayd etildi.
Uchrashuv mezbonlarning ketma-ket hujumlari ostida boshlandi, biroq bu ustunlikni golga aylantirish madridliklarga nasib etmadi. Ruslarning 37-daqiqada tashkil qilgan ilk xavfli hujumlariyoq golga aylandi: Fyodor Chalov jamoasining qarshi hujumini muvaffaqiyatli yakunlab, hisobni ochdi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay «armiyachilar» ikkinchi golni urishdi, raqib jarima maydoni ichida bo‘sh qoldirilgan Georgiy Shennikov kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.
73-daqiqada Arnor Sigurdsson hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida «Viktoriya» klubi Plzenda «Roma»ni qabul qildi. Unda chexlar kichik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
So‘nggi tur o‘yinlaridan so‘ng «Viktoriya» va «SSKA» jamoalari bir xilda ochko to‘plashdi. Hamda o‘zaro o‘yin natijalariga ko‘ra Chexiya klubi Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ikki o‘yinda ham amaldagi chempionni mag‘lub etolgan «SSKA» esa guruhda qolib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, «Real» va «Roma» jamoalari o‘tgan turda 1 va 2-o‘rin masalasini xal qilib ulgurishgandi.
YeChL, 6-tur
G guruhi
Real Madrid Ispaniya – SSKA Rossiya 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 37 Chalov, 0:2 – 43 Shennikov, 0:3 – 73 Sigurdsson.
Real Madrid – Kurtua, Valexo, Marselo (Karvaxal, 74), Odriosola, Xaver Sanches, Lorente (Kroos, 58), Valverde, Isko, Asensio, Vinisius Junior, Benzema (Beyl, 46).
SSKA – Akinfeyev, Rodrigo Bekao, Magnusson, Щennikov, Nababkin, Oblyakov (Kuchayev, 89), Bistrovich, Sigurdsson, Vlashich, Fernandes, Chalov (Ernandes, 84).
Ogohlantirishlar: Shennikov (78), Valverde (90).
Viktoriya Plzen Chexiya – Roma Italiya 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 62 Kovarjik, 1:1 – 67 Under, 2:1 – 72 Xorы.
Viktoriya Plzen – Grushka, Geyda, Limberski, Gavel, Gubnik, Proxazka, Groshovski, Chermak (Gorshava, 82), Kopits (Petrjela, 71), Kovarjik, Xorы (Rjeznichek, 87).
Roma – Mirante, Manolas, Kolarov, Santon (Florensi, 75), Markano, Kristante, Nzonzi (Pellegrini, 80), Pastore (Dzanolo, 59), Under, Klyuyvert, Shik.
Ogohlantirishlar: Limberski (22), Klyuyvert (79), Pellegrini (89).
Chetlatish: Pellegrini (90+2).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin