
Namanganning “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis kecha UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich soʻnggi turida SSKAning Madridda “Real” ustidan qozongan gʻalabasi haqida gapirib oʻtdi.
“Oʻyindan oldin men “armiyachilar”ning magʻlub boʻlmasligini sezgandim. Ammo, gʻalaba qozonishini, ustiga-ustak yirik hisobda zafar quchishini tasavvur qilish qiyin edi. Bu oʻyin uchun ularga qoyil qolish kerak va rahmat aytish kerak”, - deydi rossiyalik mutaxassis.
Eslatib oʻtamiz, SSKA “Real”ni birinchi davrada Moskvadagi bahsda ham magʻlubiyatga uchratgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar