Chempionlar Ligasida haftaning eng chiroyli golini “Barselona” futbolchisi urdi

Chempionlar Ligasida haftaning eng chiroyli golini “Barselona” futbolchisi urdi
“Barselona” yarimhimoyachisi Usmon Dembele Chempionlar Ligasida haftaning eng chiroyli goli muallifi deb topildi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Fransiyalik futbolchi guruh bosqichining 6-turida “Tottenhem” (1:1) darvozasini ishgʻol qilgan edi.

Dembele UYEFA saytida oʻtkazilgan soʻrovnomada “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala, “Lion” yarimhimoyachisi Nabil Fekir va “Manchester Siti” yarimhimoyachisi Leroy Saneni ortda qoldirdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar