20:32 / 15.12.2018
4 140

Viktor Jalilov va Amet Memet «Andijon»da ish boshladi

Viktor Jalilov va Amet Memet «Andijon»da ish boshladi
Joriy mavsum Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «Andijon» jamoasi bo‘lajak chempionatga har tomonlama puxta hozirlik ko‘rishga intilmoqda.

Jamoa rahbariyati murabbiylar shtabiga tajribali mutaxassislarni jalb etishga qaror qildi.
Xususan mamlakatimizdagi taniqli futbol mutaxassislaridan biri bo‘lgan Jalilov Viktor Romanovich «Andijon» futbol klubida sport direktori sifatida faoliyatini boshladi.

Jalilov hozirda bosh murabbiy Ildar Sakayevga seleksiya ishlari bo‘yicha yordam beradi.

Shuningdek bosh murabbiyga yangi mavsumda yana bir taniqli mutaxassis Amet Memet yaqindan yordam beradigan bo‘ldi. O‘z vaqtida ma’lum muddat bosh murabbiy sifatida «Andijon»ni boshqargan Amet Abdullayevich endilikda katta murabbiy lavozimida faoliyat yuritadigan bo‘ldi. Bir necha yillardan buyon, Ukrainada istiqomat qilib kelayotgan Memet hozirda «Andijon»ga yuqori saviyadagi legionerlarni jalb etish yuzasidan ish olib borayotganini ta’kidlash lozim. Tez kunlarda Amet Memet Andijonga tashrif buyuradi.

Ma’lumot uchun «burgutlar» dekabr oyidagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘z qarorgohida olib boradi.

Manba: t.me/fcandijan

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Viktor Jalilov va Amet Memet «Andijon»da ish boshladi