
Joriy mavsum Superligada bronza medallarini qo‘lga kiritgan "Navbahor" murabbiylar shtabiga yana bir tajribali mutaxassis kelib qo‘shildi.
Namangandagi manbaamiz Asadbek Ergashevning xabar berishicha yangi mavsumda Nikolay Shevchenko bosh murabbiy Andrey Kanchelskisga yordam beradi.
Ma’lumot uchun, ushbu ukrainalik mutaxassis uchun o‘zbek futboli u qadar begona emas. Shevchenko faoliyati javomida Bekabodning «Metallurg», Jizzaxning «So‘g‘diyona» klublarida ishlagan. Bundan tashqari Rauf Inileyev bilan birga O‘zbekiston terma jamoasida ham faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Kanchelskisga shuningdek Aleksey Belenkov ham yordamchilik qilib kelmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar