05:16 / 17.12.2018
2 895

Aleksandr Gvozdik bilan jangdan keyin komaga tushgan bokschi oʻziga keldi

Aleksandr Gvozdik bilan jangdan keyin komaga tushgan bokschi oʻziga keldi
Kanadalik bokschi Adonis Stivenson ukrainalik bokschi Aleksandr Gvozdikka qarshi jangda olingan jarohatlar sababli koma holatiga kiritilgandan keyin ilk bor koʻzini ochdi.

Maʼlum qilinishicha, bu Stivenson yaxshilanayotganining birinchi yaqqol alomati boʻldi. U koʻzini ochganida yonida rafiqasi boʻlgan.

Bokschi 1 dekabrda Gvozdikka qarshi kechgan jangda ogʻir ahvolda shifoxonaga yetkazilib, 6 dekabrda operatsiya qilingan. Gvozdik Stivensonni 11-raundda nokautga uchratgach, kanadalik miyaga qon quyilishi gumoni bilan shifoxonaga olib ketilgandi.

WBC yoʻnalishi boʻyicha sobiq jahon chempioni, 41 yoshli Stivenson uchun Gvozdikdan olingan magʻlubiyat faoliyatidagi ikkinchisi boʻldi. Kanadalik bokschining hisobida, shuningdek, 29 ta gʻalaba va bitta durang natija bor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Gvozdik bilan jangdan keyin komaga tushgan bokschi oʻziga keldi