date
views 3 654

Terma jamoamizning yana bir a’zosi Yaponiya klubi bilan shartnoma imzoladi

Terma jamoamizning yana bir a’zosi Yaponiya klubi bilan shartnoma imzoladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Doston Tursunov Yaponiyaning “Renofa Yamaguchi“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Futbolchi bungacha “Neftchi”, “Qo‘qon-1912” va “Metallurg” kabi klublar sharafini himoya qilgan. 2018 yilgi mavsumni u farg‘onaliklar tarkibida o‘tkazdi. Tursunov O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi oldidan Turkiyada o‘tkazilayotgan so‘nggi yig‘iniga jalb etilgan.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo‘lgan himoyachi Doston Tursunov Yaponiya jamoasi bilan ikki yillik bitimga imzo chekkan. Shartnoma 2020 yil oxiriga qadar amal qiladi. “Renofa Yamaguchi” Yaponiya ikkinchi divizioni vakili hisoblanadi. Klub yakunlangan mavsumda 22 jamoa orasidan 8-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, Doston Tursunov Yaponiya chempionatida to‘p suradigan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi. Hozir terma jamoamizning yana bir a’zosi Fozil Musayev 2017 yildan beri ushbu mamlakatning “Jubila Ivata“ klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. “Jubila Ivata“ Yaponiya chempionatining J ligasi (bizdagi Super Liga — tahr.) vakili hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Terma jamoamizning yana bir a’zosi Yaponiya klubi bilan shartnoma imzoladi