
Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra fransiyalik mutaxassisga “Manchester Yunayted”dan jiddiy takliflar bo‘lmoqda. Ayni damda u ushbu taklifni ko‘rib chiqmoqda.
Zidan “Yuventus” yoki Fransiya terma jamoasini boshqarmoqchi. Ammo, yaqin kelajakda uning bu istagi amalga oshmasligi ehtimoli ancha yuqori. Shu bois u MYudan bo‘layotgan taklifni o‘rganib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Manchester Yunayted” bosh murabbiylikka shuningdek Maurisio Pochettino hamda Massimilano Allegrilarning nomzodini ham ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar