10:00 / 23.12.2018
3 475

Kelib-ketdilar

Kelib-ketdilar
(terma jamoamizda chorak asr mobaynida 20 nafarga yaqin bosh murabbiy ishlagani ajablanarli hol...)

Termamizni ishin o‘nglay deb,
Ne-ne zotlar kelib-ketdilar.
Umidlar gulin so‘ldirib,
Tanish, yotlar kelib-ketdilar.

Bosh murabbiy zo‘rini izlab,
Topmoq uchun o‘ynadik poyga.
Olam kezib chiqdik necha bor,
Faqat, qadam yetmadi Oyga.

Rauf bilan Birodar Hasan,
Nomiga she’r, doston to‘qidik.
Sal o‘tmayin Og‘amurodni,
Yotsan deya rosa «cho‘qidik».

Nepomoshni chorladik darhol,
Lekin, ishlab hurmat topmadi.
Ishqibozlar yoniq dil bilan,
Unga zarli chopon yopmadi.

Tajribali Salkov, Sadirin,
Bir yildayoq ishlab «toldilar».
«Bu qandayin futbol» degancha,
Yer chizishib, o‘ylab qoldilar.

Kelgan edi Yurgen Gede ham,
Orzulari bir jahon bo‘lib.
Tushunolmay turli «farmon»ni,
Nom chiqardi «xom, yomon» bo‘lib.

Da Silvadek nomdor murabbiy,
«Eski dard»ga izladi chora.
Ammo ko‘ngil kosasi sinib,
O‘z yurtiga ketdi bechora.

Xougtonga rahmim keladi,
Goho tushsa yodimga sho‘rlik.
Umrim o‘tdi tilmoch bo‘lolmay,
Qurib ketsin mendagi g‘o‘rlik.

Vadim Abram ajoyib inson,
Qut-baraka bordir ishida.
Futboldagi ilmi, uyg‘otar,
Totli havas har bir kishida.

Mirjalolni daho hisoblab,
Maqtovlarga ko‘mib tashladik.
Kech bo‘lsa-da anglab xatoni,
Bilintirmay boshni qashladik.

Samveljondan tunu-kun kutdik,
Mundial yo‘llanmasin,
Jamoaga «yangi qon quyish»,
Nomin olgan qo‘llanmasin.

Navbat keldi Ektor Kuperga,
Qatar tomon tikamiz ko‘zni.
Yomon o‘ylar ketsin uzlatga,
Ul, albatta, oqlaydi tuzni.

Ishonch, ixlos beg‘ubor dilni,
Bezab turar hamisha, hardam.
Yaxshi niyat qilsa hamrohlik,
Dadil qadam tashlaydi odam...

Biz muxlislar, tangri bandasi,
Qo‘l cho‘zamiz doim Quyoshga.
Iltijomiz bo‘lsa ijobat,
To‘zim berar sabru-bardoshga.
Bahrom SIDDIQOV,Jizzax shahri.

Manba: interfutbol.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kelib-ketdilar