17:05 / 23.12.2018
3 722

Sanjar Fayziyev bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Sanjar Fayziyev bosh sovrinni qo‘lga kiritdi
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilgan tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning juftlik bahslarida hamyurtimiz Sanjar Fayziyev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Sovrin jamg‘armasi 15,000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi musobaqada Sanjar rossiyalik Markos Kaloyelonis bilan finalga qadar yetib keldi.
Sanjar va Markos so‘nggi hal qiluvchi final bahsida chexiyalik Tadeas Paroulek hamda ukrainalik Oleg Prixodko tandemini 7:5, 3:6, 10:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sanjar Fayziyev bosh sovrinni qo‘lga kiritdi