Bugun AGMK klubi matbuot xizmati jamoa ustozi Baxtiyor Ashurmatov klubni tark etganini e’lon qildi.
- Jamoa rahbariyati o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng, 2018 yilgi mavsumda AGMK bosh murabbiyi bo‘lgan Baxtiyor Ashurmatov bilan do‘stona xayrlashdi. Baxtiyor A’zamovich Olmaliq shahri klubi tarixida mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan murabbiy sifatida joy oladi. AGMK jamoasining barcha xodimlari, futbolchilar va rahbariyat Ashurmatovga jamoadagi faoliyati uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi va uning kelajakdagi murabbiylik faoliyatiga omad tilaydi.
Kecha AGMK jamoasi Toshkentdagi "Residence Park" (sobiq "Turkiston") mehmonxonasida to‘plandi. Jamoa dekabr oyida o‘tkaziladigan o‘quv-yig‘ini davomida shu joyda istiqomat qiladi. Kechki payt jamoa futbolchilari yangi mavsum tayyorgarligi bosqichi ilk mashg‘ulotida ishtirok etishdi. Mashg‘ulotlar Muxtor Qurbonov va A’zam Sherg‘oziyev murabbiyligi ostida o‘tdi. Yaqin kunlar ichida AGMKni 2019 yilda boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiy masalasi hal bo‘ladi, - deya yozalida klubning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi