10:28 / 24.12.2018
3 245

Kanchelskis: "Navbahor" yangi mavsumda ham chempionlik uchun kurashadi

Kanchelskis: "Navbahor" yangi mavsumda ham chempionlik uchun kurashadi
Hozirda ta’tilni o‘z vatanida o‘tkazayotgan "Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis rus matbuotiga kelgusi rejalari haqida gapirib o‘tdi.

"Yangi mavsumda ham asosiy vazifamiz o‘zgarmaydi - chempionlik uchun kurash olib boramiz. Tarkibimiz esa jiddiy ravishda kuchayadi. Bir nechta malakali o‘yinchilar bilan muzokaralar o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirgan. Chempionlik uchun kurash endi ancha qizg‘in kechadi. Asosiysi, biz kurashga qo‘shilganimiz bo‘ldi. O‘ylashimcha, biz vazifani uddalay olamiz. Jamoa bilan yana bir yil birga bo‘laman, u yog‘ini vaqt ko‘rsatadi", - deydi rossiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "lochinlar" o‘tgan mavsum rossiyalik mutaxassis qo‘l ostida Superliganing bronza medallarini qo‘lga kiritishgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kanchelskis: "Navbahor" yangi mavsumda ham chempionlik uchun kurashadi