
“Zenit” hujumchisi Artem Dzyuba “Futbol” haftaligi so‘rovnomasiga ko‘ra Rossiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. 30 yoshli to‘purar 614 ochko jamg‘arib, SSKA posboni Igor Akinfeyev (245 ochko, ikkinchi) hamda armiyachilar himoyachisi Mario Fernandesni (215 ochko, uchinchi) ortda qoldirdi.
“Futbol” haftaligi 1992 yildan buyon ushbu sovrinni o‘z egasiga topshirib keladi. Bu yili so‘rovnomada rossiyalik OAVlardan 277 sport jurnalisti ishtirok etdi. Dzyuba faoliyatida ilk bor ushbu sovringa loyiq deb topildi. Ilgari uning eng yaxshi natijasi 2015 yili, ikkinchi o‘rin edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar