Bekobodning «Metallurg» klubi o‘z safini mahoratli futbolchilar bilan to‘ldirib olmoqda.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishiga ko‘ra, Andrey Shipilov boshchiligidagi jamoa Server Jeparov bilan kelishuvga erishdi. Yurtimizning eng nomdor futbolchilaridan biri ushbu klub safida yangi mavsum tayyorgarligiga kirishdi. Futbolchi hamda klub o‘rtasidagi shartnoma Jeparovning tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tganidan keyin rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston professional futbol ligasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi, deb xabar beradi PFL.
Shuningdek, «Paxtakor» sharafini uzoq yillar himoya qilgan mahoratli himoyachi Kamoliddin Tojiyev va «Qizilqum», «Olmaliq», «Lokomotiv»dagi o‘yinlari bilan tanilgan, so‘nggi yillarni «Buxoro»da o‘tkazgan Shavkat Mullajonov ham «Metallurg» bilan kelishuvga erishdi.
Ayni paytda «Metallurg» tarkibida 35 nafar futbolchi qatnashmoqda. Bekobodliklar mashg‘ulotlarini Qibraydagi o‘quv-mashg‘ulot maskanida olib borishyapti. Dastlabki yig‘in 29 dekbar kuni poyoniga etadi. Ikkinchi yig‘in ham Qibrayda 2019 yilning 5-25 yanvar sanalari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng «Metallurg» xorij yig‘iniga otlanadi. Rejaga binoan uchinchi yig‘in 27 yanvardan 11 fevralga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi