06:00 / 26.12.2018
3 574

"Metallurg" Kamoliddin Tojiyev va Shavkat Mullajonovni o‘z safiga qo‘shib oldi

"Metallurg" Kamoliddin Tojiyev va Shavkat Mullajonovni o‘z safiga qo‘shib oldi
Bugun “Metallurg” futbol klubi rahbariyati yana ikki nafar tajribali futbolchilar bilan ham dastlabki kelishuvga erishdilar.
Bular “Paxtakor” jamoasi sharafini uzoq yillar himoya qilgan mahoratli himoyachi Kamoliddin Tojiyev hamda “Qizilqum”, “Olmaliq”, “Lokomotiv” jamoalaridagi o‘yinlari bilan tanilgan, so‘nggi yillarni “Buxoro” jamoasida o‘tkazgan Shavkat Mullajonovlardir. Bu haqda "Metallurg" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ayni paytda yangi mavsum tadorigini ko‘rayotgan “Metallurg” tarkibida 35 nafar futbolchi qatnashmoqda. Eslatib o‘tamiz, bekobodliklar mashg‘ulotlarini Qibraydagi o‘quv-mashg‘ulot maskanida olib borishayapti. Dastlabki yig‘in 29 dekbar kuni poyoniga yetadi. Ikkinchi yig‘in ham Qibrayda 2019 yilning 5-25 yanvar sanalari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng “Metallurg” xorij yig‘iniga otlanadi. Rejaga binoan uchinchi yig‘in 27 yanvardan 11 fevralga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Metallurg" Kamoliddin Tojiyev va Shavkat Mullajonovni o‘z safiga qo‘shib oldi