
Angliya chempionatining 19-turidan o‘rin olgan “Liverpul” – “Nyukasl” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 4:0 hisobi qayd etilib, mersisaydliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ilk daqiqalardanoq "Liverpul" tashabbusni o‘z qo‘liga olib, hujumlar uyushtira boshladi va 11-daqiqaga kelib Deyan Lovren raqib himoyachidan qaytgan to‘pni kuchli zarba bilan darvozaning to‘qqiztaligiga joylab, hisobni ochdi - 1:0.
Tanaffusga qadar mezbonlar yana ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi, biroq tanaffusga qadar 1:0 hisobi tabloda o‘zgarmas bo‘lib qoldi. Ikkinchi bo‘limning boshidayoq Saloh penalti ishlab olib, uni o‘zi bexato amalga oshirib, farqni ikkitaga yetkazdi.
79-daqiqaga kelib "Liverpul"ning katta bosimini Shakiri Arnoldning uzatmasidan so‘ng bo‘sh qolgan darvozaga aniq zarba yo‘llab, uchinchi to‘pni ham kiritdi.
Shundan so‘ng zahiradan maydonga tushgan Fabino burchak zarbasidan so‘ng to‘pga birinchi bo‘lib egalik qilib, boshi bilan uni to‘rga joyladi - 4:0. Shu tariqa, "Liverpul" o‘zida "Nyukasl"ga javobsiz to‘rtta gol urdi va peshqadamligini mustahkamladi.
Angliya chempionati, 19-tur
Liverpul – Nyukasl 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 11 Lovren, 2:0 – 47, penalti Salax, 3:0 – 79 Shakiri, 4:0 – 85 Fabino.
Liverpul – Alisson, Lovren, Robertson (Klayn, 82), Aleksander-Arnold, van Deyk, Xenderson, Veynaldum (Fabino, 62), Shakiri, Mane, Firmino (Starridj, 69), Salax.
Nyukasl – Dubravka, Lassels, Dammett, Yedlin, Fernandes, Ritchi (Merfi, 81), Xeyden, Diame, Kenedi (Longstaff, 73), Muto, Xoselu.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar