01:16 / 27.12.2018
2 924

OFK PFLga O‘zbekistonda aniqlagan bir nechta kelishilgan o‘yinlarga doir hisobotni yubordi

OFK PFLga O‘zbekistonda aniqlagan bir nechta kelishilgan o‘yinlarga doir hisobotni yubordi
OFK O‘zbekistonda o‘tkazilgan ba’zi o‘yinlar borasida shubhalanib qoldi. PDF formatidagi hisobotda bir nechta o‘yin aniq ko‘rsatilgan va o‘sha bahslarda uchrashuv natijasi aynan qaysi jamoa tomonidan belgilangani qizil rang bilan ajratib qo‘yilgan.

Hozircha bu xabar borasida PFL hech qanday chora ko‘rmagan, chunki isbot yo‘q.

Eng achinarlisi shundaki, asosiy kelishilgan uchrashuvlar Superliganing quyi oltilik vakillariga tegishli. Hozircha nomini sir saqlab turishimiz kerak bo‘lgan jamoaning o‘zida 7 ta kelishilgan o‘yin aniqlangan bo‘lib, bu OFKning diqqatini tortgan. Shu o‘rinda hali aniqlanmaganlari soni nechta ekanligini bashorat qilish qiyin.

OFK bu xulosaga qanday kelgani bizga ma’lum emas. Umid qilamizki, PFL bu xatni bee’tibor qoldirmaydi va shu ishga qo‘l urgan klublarni surishtirib isbotlay olsa jiddiy chora ko‘radi, zero klublar yangi mavsumda yana shu ishni takrorlamasin.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK PFLga O‘zbekistonda aniqlagan bir nechta kelishilgan o‘yinlarga doir hisobotni yubordi