O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning parlamentga murojaatnomasida jamiyatda sog‘lom turmush tarzi va sportni yanada ommalashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Prezident O‘zbekiston kelgusida yozgi Osiyo o‘yinlaridan biriga mezbonlik qilish bo‘yicha istiqbolli reja ishlab chiqish kerakligi haqida gapirdi.
«Mamlakatimizda qishki sport turlari bo‘yicha xalqaro talablar darajasida sportchilar tayyorlashning samarali tizimini yaratish kerak. Afsuski, hozirga qadar yurtimizda Olimpiya yoki Osiyo o‘yinlari kabi nufuzli sport musobaqalari o‘tkazilmagan.
Kelgusida yozgi Osiyo o‘yinlaridan biriga mezbonlik qilish bo‘yicha harakatlarni boshlashimiz kerak. Albatta, bu katta marra. Lekin biz bu marraga qodir ekanligimizni ko‘rsatsak, to‘g‘ri bo‘lar edi. Biz shunga munosibmiz desak, bu ham to‘g‘ri. Bu borada 3 oy muddat ichida tegishli choralar ishlab chiqiladi», dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi