14:50 / 28.12.2018
4 130

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Yaponiyaga qarshi o‘yinlari statistikasi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Yaponiyaga qarshi o‘yinlari statistikasi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2019 yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasida Ummon, Turkmaniston va Yaponiya bilan bir guruhdan joy olganidan xabaringiz bor. Ummon va Turkmanistonga qarshi terma jamoamiz o‘yinlari statistikasi e’tiboringizga havola qilindi. Endi esa Yaponiya terma jamoasiga qarshi o‘yinlarimizni yodga olamiz.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi jami 10ta o‘yin o‘tkazgan. Shulardan 1ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 3ta o‘yin durang bilan tugagan, 6ta uchrashuvda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rganmiz. To‘plar nisbati 9-28 — Yaponiya foydasiga.

Tariximizdagi yagona g‘alabani 2012 yil 29 fevral kuni qo‘lga kiritganmiz. O‘shanda Aleksandr Shadrin tomonidan kiritilgan yagona gol vakillarimizga g‘alaba taqdim qilgandi.


11.09.1996 Yaponiya - O‘zbekiston 1:0
09.12.1996 Yaponiya - O‘zbekiston 4:0
07.09.1997 Yaponiya - O‘zbekiston 6:3
11.10.1997 O‘zbekiston - Yaponiya 1:1
17.10.2000 Yaponiya - O‘zbekiston 8:1
15.10.2008 Yaponiya - O‘zbekiston 1:1
06.06.2009 O‘zbekiston - Yaponiya 0:1
06.09.2011 O‘zbekiston - Yaponiya 1:1
29.02.2012 Yaponiya - O‘zbekiston 0:1
31.03.2015 Yaponiya - O‘zbekiston 5:1

Yaponiya ayni paytda FIFA reytingida 50-o‘rinda bormoqda. OFK reytingida esa 3-pog‘onani egallab turibdi. "Samuraylar" Osiyo Kuboklarida hammadan ko‘p jami 4 marta g‘alaba qozonishgan (1992, 2000, 2004 va 2011 yillar). Jami 8 marta Osiyo Kubogida ishtirok etib, 41 ta o‘yin o‘tkazishgan. Shulardan 24 tasida g‘alaba qozonib, 12 ta o‘yinda durang qayd etishgan va atigi 5 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy terma jamoasining Yaponiyaga qarshi o‘yinlari statistikasi