00:30 / 30.12.2018
3 604

«Liverpul» «Enfild»dagi gollar shousida «Arsenal»ni tor-mor etdi

«Liverpul» «Enfild»dagi gollar shousida «Arsenal»ni tor-mor etdi
Angliya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan «Liverpul» – «Arsenal» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Enfild»da kechgan bahsda maydon egalari yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

11-daqiqada Meytlend-Naylz londonliklarni oldinga olib chiqdi, biroq maydon egalari bunga beshta gol bilan javob qaytarishdi.

Roberto Firmino 14 va 16-daqiqalarda ikkita gol urib qizillarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 32-daqiqada Sadio Mane jamoasining uchinchi golini urdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Muhammad Saloh penaltini aniq bajarib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 65-daqiqada Firmino xet-trigini nishonlab yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa, «Liverpul» ochkolarini 54taga yetkazib olgan holda peshqadamlikni mustaxkamladi. «Arsenal» esa (38) beshinchi pog‘onada qoldi.

APL, 20-tur

Liverpul – Arsenal 5:1 (4:1, 1:0)
Gollar:
0:1 – 11 Meytlend-Naylz, 1:1 – 14 Firmino, 2:1 – 16 Firmino, 3:1 – 32 Mane, 4:1 – 45, penalti Saloh, 5:1 – 65, penalti Firmino.

Liverpul – Alisson, Lovren, Robertson (Klayn, 83), Aleksander-Arnold, van Deyk, Veynaldum (Lallana, 78), Fabino, Shakiri, Mane (Xenderson, 62), Firmino, Saloh.
Arsenal – Leno, Papastatopulos, Mustafi (Koselni, 46), Kolashinats (Genduzi, 80), Lixtshtayner, Jaka, Meytlend-Naylz, Remzi, Torreyra, Ivobi, Obameyang (Lyakazett, 71).
Ogohlantirishlar: Robertson (26), Jaka (33).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Liverpul» «Enfild»dagi gollar shousida «Arsenal»ni tor-mor etdi