Meyvezer yaponiyalik kikbokschini birinchi raundda nokautga uchratdi (foto)

Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer yaponiyalik kikbokschi Tensin Nasukavani birinchi raundda texnik nokautga uchratib g‘alaba qozondi. Rizin promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan jang boks qoidalari bo‘yicha o‘tkazildi.
Nasukava uch marta nokdaunga uchraganidan so‘ng uning jamoasi jangni to‘xtatishga qaror qildi. Bahs uch daqiqadan uch raund bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangandi. Amerikalik bokschi ushbu g‘alabasi uchun 9 mln. dollar oladi.
41 yoshli Meyvezer shu paytgacha 50 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Nasukava esa aralash janglar bo‘yicha to‘rtta va kikboksingda 28 g‘alabaga erishgan.





Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Nasukava uch marta nokdaunga uchraganidan so‘ng uning jamoasi jangni to‘xtatishga qaror qildi. Bahs uch daqiqadan uch raund bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangandi. Amerikalik bokschi ushbu g‘alabasi uchun 9 mln. dollar oladi.
41 yoshli Meyvezer shu paytgacha 50 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Nasukava esa aralash janglar bo‘yicha to‘rtta va kikboksingda 28 g‘alabaga erishgan.





Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…