20:50 / 02.01.2019
3 851

Xabib VS Konor: jang 2019 yilda bo‘lishi tasdiqlandi

Xabib VS Konor: jang 2019 yilda bo‘lishi tasdiqlandi
UFC prezidenti Deyn Uayt rossiyalik Xabib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasida takroriy jang bo‘lishi mumkin, deya fikr bildirdi, deb xabar berdi Sputnik. Ushbu jang 2019 yilda o‘tkazilishi mumkinligi aytilgan.

"Meni fikrimcha, revansh jang 2019 yilda bo‘ladi. Yigitlar g‘alaba qozonishni istashlari aniq. Hozircha hammasi yaxshi ketyapti, shu bois bu olishuv albatta bo‘lib o‘tishi lozim", - degan Uayt.

Eslatib o‘tamiz, aralash yakkakurash bo‘yicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi o‘tgan yil 6 oktyabr sanasida Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida o‘tkazilgan edi.

Xabib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llab, g‘alaba qozongandi. Ammo keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Xabib VS Konor: jang 2019 yilda bo‘lishi tasdiqlandi
[/banner_pushhouse