“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL 21-turida “Manchester Siti”ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Oldimizda juda qiyin uchrashuv turibdi. “Manchester Siti” ajoyib murabbiyga ega dunyoning eng kuchli jamoasi. Bu mening shaxsiy fikrim.
Biz boshqa o‘yinlardagi singari bellashuvni ishonchli o‘tkazishimiz va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqimizni namoyish etishimiz lozim.
Ochkolar o‘rtasidagi farq o‘zgaradi, ammo o‘yinga bo‘lgan tayyorgarligimiz o‘sha-o‘sha. Yigitlarimizning o‘yini muxlislarga yoqayaptimi? Albatta. Ammo ular APLdagi chempionlikni nishonlashni boshlashdi, deb o‘ylash xato. Ko‘rsatayotgan o‘yinimiz o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirmoqda. Futbolchilarimizning mahorati yuqori.
Agar “Liverpul” raqibdan 10 ochko ortda qolayotgan bo‘lsa, ularni quvib yetish mumkin, deya olarmidimi? Albatta, yo‘q. Ammo ertaga hali 3 yanvar. Oldinda juda ko‘p tur o‘yinlari bor. Olti ochko o‘ynaladigan judayam muhim o‘yin arafasidamiz. Raqibimiz o‘yinga 100 foiz tayyor va biz ham shunga yarasha bo‘lishimiz lozim”, deydi Klopp. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti