21:08 / 05.01.2019
3 443

Zidan sevimli jamoasiga qaytishi mumkin

Zidan sevimli jamoasiga qaytishi mumkin
Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Zayniddin Zidan 2019 yil yozida Turinning «Yuventus»iga bosh murabbiy bo‘lib kelishi mumkin. Bu haqda «Mundo Deportivo» xabar bergan.

Nashrning yozishicha, Allegri garchi shartnomasi 2020 yil yozigacha tuzilgan bo‘lsa-da, 2018/19 yil mavsumi tugashi bilan turinliklar safini tark etish istagini bildirgan. Uning o‘rniga katta ehtimol bilan Zidan keladi.

Allegri «Yuventus»ni 2014 yil iyulidan beri boshqaryapti. Uning boshchiligida turinliklar Italiya chempionati va kubogida to‘rt karra zafar quchishdi, qolaversa superkubok sohibiga aylanishdi.

Zidan esa madridliklarni uch karra Yevropa chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan sevimli jamoasiga qaytishi mumkin