
O‘tgan mavsumda bronza medali sohibiga aylangan Namanganning “Navbahor” klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni bugundan boshladi.
Mashg‘ulotlar kuniga 2 mahaldan To‘raqo‘rg‘ondagi “Yoshlik” va Namangan shahridagi “Dinamo” stadionlarida o‘tkaziladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Mashg‘ulotlarni Andrey Kanchelskis boshchiligidagi murabbiylar shtabi olib borishmoqda. Unda mahalliy futbolchilar bilan birga bir qator yangi o‘yinchilar ham ishtirok etishmoqda. Ular qatorida hamyurtlarimiz bilan birga Rossiya va Serbiyadan kelgan futbolchilar ham bor. Ammo ular hozircha ko‘rikdan o‘tishmoqda. Shuning uchun mazkur o‘yinchilarning ism-shariflarini hozircha oshkor qilinganicha yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar