Fransiya Kubogining ¼ finalidan o‘rin olgan «PSJ» – «Gengam» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Park de Prens»da kechgan bahsda sensatsion natija qayd etildi.
62-daqiqada Neymar parijliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, mehmonlar so‘nggi daqiqalarda ikki penaltini aniq amalga oshirib g‘alabani ilib ketishdi.
Shu tariqa, ketma-ket besh bor Kubok g‘olibiga aylangan «PSJ» bu mavsum chorak finaldayoq musobaqa bilan xayrlashdi.
Shuningdek, chorak finalning boshqa o‘yinlarida «Bordo» o‘zida «Gavr»ni mag‘lub etdi. Avvalroq, «Strasburg» klubi «Lion»ni yengib (2:1) yarim final yo‘llanmasiga ega chiqqandi. Shuningdek, «Monako» penaltilar seriyasida «Renn»ni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l olgan.
Fransiya Liga Kubogi, ¼ final
PSJ – Gengam 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 62 Neymar, 1:1 – 81, penalti Ngbakoto, 1:2 – 90+3, penalti Tyuram.
PSJ – Areolya, Kerer, Tiago Silva, Bernat, Markinos (Verratti, 46), Di Mariya (Kavani, 46), Draksler (Dani Alves, 75), Diabi, Mene, Neymar, Mbappe.
Gengam – Yunsson, Traore, Kerbra, Reboshu, Eboa-Eboa, Koko (Rodelen, 90), Blas (Dido, 75), Firi, Do, Tyuram, Mendi (Ngbakoto, 73).
Ogohlantirishlar: Kavani (90), Verratti (90), Neymar (90).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi