3 443
Qirg‘iziston bosh murabbiyi: "Uchinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishimizga ishonaman"
Osiyo Kubogi 2-turidan o‘rin olgan Qirg‘iziston - Janubiy Koreya (0:1) uchrashuvidan so‘ng qo‘shnilarimiz ustozi o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘yin bo‘yicha shogirdlarimga hech qanday e’tiroz yo‘q. Butun o‘yin davomida jamoam munosib o‘ynadi. Ular bilan faxrlanaman. Biz kelajakka optimistik ruhda qaraymiz. Filippin bilan bahsda g‘alaba qozonishga va uchinchi o‘rinni egallab keyingi bosqichga chiqishimizga ishonaman.
Birinchi turda Matyash xato qilgani uchun bugun yosh posbonga imkon berdik va debyut qildi. Men hech qachon futbolchining pasportiga qaramayman.
Standart vaziyatlar bo‘yicha alohida tayyorgarlik ko‘rgandik. Ammo bahsda bulardan to‘liq foydalana olmadik. Hakamlar haqida hech nima demayman. Ularni muhokama qilishni istamayman.
Qirg‘iziston uchun hali musobaqa tugagani yo‘q. Uchinchi o‘rinni olib keyingi bosqichga chiqishimizga shubha qilmayapman. Filippin bilan o‘yinda xuddi bugungidek jangovor ruhda kurashamiz", - deydi Aleksandr Krestinin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi?
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi
Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib?
Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi