3 630
Piter Xyuystra: “Paxtakor” va “Lokomotiv” Gollandiya klublariga yaxshigina raqobat hosil qila oladi
“Paxtakor” klubida bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borayotgan gollandiyalik mutaxassis Piter Xyuystra kuni kecha mashhur golland nashri Voetbal Zonega intervyu berdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.
Intervyu davomida Gollandiya terma jamoasining sobiq a’zosi O‘zbekistondagi faoliyati va “Paxtakor” haqida to‘xtalib o‘tdi.
- Menga O‘zbekiston ancha ma’qul keldi. Mamlakat va bu yerning odamlari menga juda manzur bo‘ldi. Qolaversa, milliy chempionat saviyasi ham yomon emas. Zero, “Paxtakor” va “Lokomotiv” kabi klublar Gollandiya miqiyosidagi klublarga yaxshigina raqobat hosil qila oladi, deb hisoblayman. “Utrext”, “AZ” va “Vitess” kabi jamoalar bilan saviyamiz bir xil desam xato bo‘lmaydi. Qolgan o‘zbek klublari golland Erediviziyasida nisbatan pastroq o‘rinlardan joy olishgan bo‘lar edi.
“Paxtakor” klubi ayni paytda to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda. Bu yerda yaxshi darajadagi klub shakllantirish ishlari olib borilmoqda. To‘g‘ri, hali “Ayaks”, “Feyenoord” yoki “PSV” kabi grand klublar darajasida emasmiz. Lekin klub infratuzilmasini sekin-asta yaxshilab boryapmiz. “AZ” klubi yaqinda Yevropa Ligasi doirasida Qozog‘istonning “Qayrat” klubiga imkoniyatni boy berdi. Holbuki, biz mazkur jamoani yig‘in payti osongina mag‘lub etgan edik, - dedi mutaxassis.
Ta’kidlash joiz, Piter Xyuystra o‘z vaqtida “Groningen”, “Tvente”, “Glazgo Reynjers” kabi klublar va Gollandiya terma jamoasi safida hujumkor yarim himoyachi sifatida faoliyat olib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi