
Bugun bosh murabbiy tanishtiruv marosimi yakuniga yetgach, "Bunyodkor" klubi majlislar zalida klub ta’sischilari ishtirokida navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.
Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, "O‘ztransgaz", "Neftgazmontaj", "Ko‘kdumaloqgaz", "Gissarneftgaz", "O‘zneftmahsulot" kompaniyalari "Bunyodkor" klubi ta’sischilari hisoblanadi.
Ushbu ta’sischi kompaniya rahbarlari qatnashgan navbatdan tashqari yig‘ilishda "Bunyodkor" jamoasi bosh direktor vazifasini bajaruvchi lavozimiga Ulug‘bek Mirzayevning rasmiy tayinlanish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Barcha ta’sischi kompaniyalar tomonidan U.Mirzayevning tayinlanganligi bir ovozdan ma’qullandi. Shuningdek, yig‘ilishda "Bunyodkor" futbol klubiga oid boshqa tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar