Abdulmanap Nurmagomedov: Xabib UFCni tark etadi, agarda...

Abdulmanap Nurmagomedov: Xabib UFCni tark etadi, agarda...
UFC yengil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi hamda murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov o‘g‘lining UFCdagi kelajagi haqida o‘z fikrini bildirdi.

- Agarda Zubayra Tuxugovni promoushendan haydashsa, Xabib ham UFCni tark etadi bu borada u bir qarorga kelgan. Bunday vaziyatda pul emas, do‘stlar va yaqinlar o‘rtasidagi munosabat birinchi o‘ringa ko‘tariladi. Bir jamoa bo‘lib 5 yil faoliyat olib borgan insonni qiyin ahvolda tashlab ketish bu bizning an’analarimizga to‘g‘ri kelmaydi.

Promoushen Zubayra borasida bir qarorga kelmaguncha, Xabib bilan muzokaralar ham olib borilmaydi, - dedi Abdulmanap.

Eslatib o‘tamiz, UFC 229 turniri doirasida tashkillashtirilgan Xabib - Konor bellashuvidan so‘ng jangchilarning jamoalari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tgandi. Tuxugov oktagonga kirib MakGregorga tarsaki tushirgani sababli promoushen prezidenti Dana Uayt chechenistonlik sportchini haydab yuborishga tayyor ekanligini e’lon qilgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar