
Meksikalik bokschi Saul Alvaresning promouteri Oskar De La Xoyya o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chepioni Gennadiy Golovkining jamoasi bilan uchinchi revansh uchrashuvni tashkillashtirish borasida muzokaralarni boshlaganligi haqida ma’lum qildi.
- Kuni kecha Golovkinning vakillari bilan revansh jangni tashkillashtirish borasida muzokaralarni boshladik. Uchinchi bahs 5-may kuni Sinko de Mayoda bo‘lib o‘tishi mumkin.
Kanelo afsonaviy bokschi bo‘lish uchun jang qilishga tayyor! Bizda takliflar bor va ular borasida o‘ylab ko‘ramiz, - dedi Oskar.
Ma’lumot uchun, Alvares - Golovkin o‘rtasidagi birinchi bahs durang natija bilan yakunlangan bo‘lsa, ikkinchi bahsda qozog‘istonlik bokschi imkoniyatni boy bergandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar