Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 2-turidan o‘rin olgan Turkmaniston va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. “Rashid Stedium”da kechgan bahsda hamyurtlarimiz yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuv vakillarimizning qator hujumlari bilan boshlan va bu tez orada o‘z samarasini berdi. 17-daqiqada Javohir Sidiqov bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.
24-daqiqada Eldor Shomurodov darvozabon birga-bir vaziyatga chiqib bordi va hisobni oshirdi. 40-daqiqada Jaloliddin Masharipov hisobni yirik ko‘rinishga olib kelgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Shomurodov dublini nishonladi.
Ikkinchi bo‘lim ham hamyurtlarimizning hujumlari bilan boshlandi va raqib darvozasi oldida yana bir nechta vaziyatga ega bo‘lishdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston ushbu yirik g‘alabadan so‘ng guruhda peshqadamlikni qo‘lga oldi va pley-off masalasini hal qildi. Uchinchi turda Yaponiyaga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritilgan har qanday ochko bizga birinchi o‘rinni ta’minlaydi.
O‘zbekiston – Yaponiya uchrashuvi 17 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Osiyo Kubogi-2019, 2-tur
Turkmaniston – O‘zbekiston 0:4 (0:4, 0:0)
Gollar: 0:1 - 17 Sidiqov, 0:2 - 24 Shomurodov, 0:3 - 40 Masharipov, 0:4 - 42 Shomurodov
Turkmaniston – Mamed O‘razmuxamedov, Serdar Annaorazov, Gurbangeldi Batirov, Vazirgeldi Ilyasov, Zafar Babajanov, Mekan Saparov, Ruslan Mingazov, Arslonmurod Amanov (Ilya Tamuxin, 65), Axmet Atayev, Resul Xo‘jayev, Vahid O‘razsaxedov.
O‘zbekiston – Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov (Davron Hoshimov, 46), Anzur Ismoilov, Islom To‘xto‘xo‘jayev, Oleg Zoteyev, Otabek Shukurov, Odil Ahmedov (Fozil Musayev, 76), Javohir Sidiqov (Ikrom Aliboyev, 68), Jaloliddin Masharipov, Doston Xamdamov, Eldor Shomurodov.
Ogohlantirish: Ismoilov (71).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi