
Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov kutilganidek Turkmanistonga qarshi uchrashuvda ham o‘z vazifasini a’lo darajada bajardi va muxlislarning olqishiga sazovor bo‘ldi. O‘yindan keyin u stadionda va miks-zonada bir qator jurnalistlarga intervyu berdi. Oxiri bo‘lib esa xitoylik muxbir undan intervyu oldi. Ushbu suhbatni e’tiboringizga havola qilamiz.
- O‘yin haqida nima deysiz?
- Bugun g‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilganimizdan o‘zimiz ham quvondik. Mana shunday g‘alabalarimiz davomli bo‘lishini istayman.
- Ikkita gol urgan Eldor Shomurodov chiroyli o‘yin ko‘rsatdi. U haqida fikringiz qanaqa?
- Uning kelajagi porloq. O‘ylaymanki, Eldor o‘z ustida ishlashda davom etsa, bundan ham yaxshi o‘yin ko‘rsata oladi. Uni O‘zbekistonning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo‘lishini xohlayman.
- Klub bilan milliy terma jamoa o‘rtasidagi farq qay darajada?
- Klub bilan terma jamoa boshqa-boshqa. Ikkalasini tenglashtirib bo‘lmaydi. Baribir milliy terma jamoa klubga nisbatan yuqorida turadi.
- Siz bilan birga bir klubda to‘p surayotgan Vu Ley haqida nima deya olasiz?
- Uni Xitoy futboli uchun eng zo‘ri deb bilaman. U bilan birga o‘ynash kishiga zavq bag‘ishlaydi. Vu Ley yanada o‘sishga erishyapti.
- Afsuski, u jarohat oldi…
- O‘ylaymanki, jarohati jiddiy emas.
- Ushbu musobaqada nechta gol urishni va nechta golli pas berishni xohlaysiz?
- Musobaqada 100 ta gol urib, 100 ta golli pas berishni xohlayman (kuladi).
- Birinchi uchrashuvda kiritgan golingiz haqida fikringiz qanday?
- Gol urish doimo yoqimli. Eng muhimi, jamoamiz g‘alaba qozonsa bo‘ldi.
- Osiyo Kubogini yutmoqchimisiz yoki qaysidir bosqichgacha yetib borishni maqsad qilganmisiz?
- Bu yerga yutamiz deb kelganmiz. Xudo xohlasa, o‘z maqsadimizga erishamiz.
Shuhratbek Jo‘rayev yozib oldi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar