"Lokomotiv" nazorat o‘yinida slovak klubidan ustun keldi

"Lokomotiv" nazorat o‘yinida slovak klubidan ustun keldi
Yangi mavsum uchun tayyorgarlikni BAAda olib borayotgan "Lokomotiv" klubi bugun mazkur yig‘in doirasida Slovakiyaning yetakchi jamoalaridan biri - "Jilina"ga qarshi bahs olib bordi. Mazkur uchrashuvda "temiryo‘lchilar" 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun oldin Andrey Fyodorov shogirdlari Moskvaning "Spartak" klubiga 2:5 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Toshkentliklar 21 yanvar kuni Daniyaning 10 karra chempioni "Brondbyu" jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.

Nazorat o‘yini
"Lokomotiv" - "Jilina" (Slovakiya) 2:0
Gollar:
Alisher Shog‘ulomov (82, 1:0), Timurxo‘ja Abduholiqov (89, 2:0).

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Farruh Ibrohimov, Sergey Proxorov, Igor Yelich, Diyorjon Turopov, Sadriddin Abdullayev, Jamshid Iskanderov, Seiya Kojima, Filipp Rayevats, Alisher Shog‘ulomov, Timurxo‘ja Abduholiqov.
Zahiradan tushganlar: Ma’mur Ikromov, Bobur Ergashev, Bobur Otaxonov, Avazbek O‘lmasaliyev, Jaloliddin Jumaboyev, Ulug‘bek Abdullayev, Asad Ergashev.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar